E'tirof / Qo'qon universiteti direktori taqdirlandi

Qo‘qon universiteti direktori Zaxidov G‘afurjon Erkinovich “Xalq so‘zi” va «Народное слово» gazetalari tahririyati tomonidan “35 yil xalq bilan hamnafas” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, direktorimizning maqolalari gazetaning mustaqilligimiz 35 yilligiga bag'ishlangan “Yangi O‘zbekiston: kelajak sari ishonchli qadam” to‘plamida nashr etildi.
Qo‘qon universiteti jamoasi nomidan Zaxidov G‘afurjon Erkinovichni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va mustahkam sog‘lik tilaymiz.







