ORHUN akademik mobillik dasturi doirasida mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Abdullah Bahromov 23.10.2026 64 marta ko'rilgan

ORHUN akademik mobillik dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasining Amanzholov universiteti professori Gayan Nuraxmetovna Gubaidullina Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi.
Professor Gayan Nuraxmetovna Gubaidullina tomonidan Qo‘qon universitetining 2–4-kurs talabalari uchun “Psixologiya”, “Maxsus pedagogika” va “Chet tili” yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Shuningdek, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazilib, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik tajribalarni qo‘llash va kasbiy bilimlarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

#yangiliklar



