Qo‘qon universiteti delegatsiyasi Xankendi forumida ishtirok etmoqda

Qo‘qon universiteti delegatsiyasi Xankendi shahrida: O‘zbekiston — Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumi boshlandi
Ozarbayjon Respublikasining qadimiy va ko‘rkam Xankendi shahrida "O‘zbekiston — Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumi" o‘z ishini rasman boshladi. Unda Qo‘qon universiteti rahbariyati va xalqaro hamkorlik delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi doirasida oliy ta’lim, raqamli innovatsiyalar, inson kapitali va yoshlar intellektual salohiyatini birlashtirish bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari mazkur forumning bosh kun tartibiga aylandi.
Xankendi forumi doirasida Qo‘qon universiteti qardosh Ozarbayjonning yetakchi OTMlari bilan qog‘ozdagi rasmiyatchilikdan holi, amaliy va aniq natijalarga yo‘naltirilgan shartnomalarni (laboratoriyalar barpo etish, 20 nafar talabaning o‘zaro bepul mobilligi, sanoatga tijoratlashtirish va qo‘shma darsliklar) imzolashni maqsad qilgan.








