Qo‘qon universiteti IT akademiyasining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
Abdullah Bahromov 21.10.2026 16 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti IT akademiyasida dasturlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 25 nafar ilk bitiruvchiga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Olti oylik ta’lim davomida yoshlar dasturlash bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab, o‘zlariga biriktirilgan loyihalar asosida mustaqil dasturiy mahsulotlar yaratdilar. Yakunda o‘z bilim va mahoratini namoyon etgan 25 nafar bitiruvchi IT akademiya sertifikatiga ega bo‘ldi.
Ayni paytda IT akademiyada ehtiyojmand oilalar farzandlari hamda uyushmagan yoshlar orasidan 700 nafardan ortiq yosh zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni bepul o‘rganmoqda.





#yangiliklar



