Qo‘qon universiteti vakili ORHUN dasturi doirasida Ozarbayjonda xizmat safarida
Abdullah Bahromov 14.10.2026 27 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti vakili Davronjon Abdullajonov ORHUN akademik almashinuv dasturi doirasida Ozarbayjon Respublikasining Lankaran Davlat universitetida xizmat safarini amalga oshirmoqda.
Tashrif doirasida talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Qo‘qon universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari, akademik mobillik imkoniyatlari va ORHUN almashinuv dasturi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida Qo‘qon universitetining ta’lim imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, akademik mobillik dasturlari hamda ORHUN akademik almashinuv dasturining talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.





#yangiliklar



