+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti vakili Xitoyda xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi

Abdullah Bahromov 23.09.2026 11 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti vakili Xitoyda xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi

 Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi — International Transnational Education Association (ITEA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan grant dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida tashkil etiladigan “Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” xalqaro malaka oshirish dasturiga nomzodlarni saralash jarayoni yakunlandi.
Mazkur grant dasturida ishtirok etish uchun jami 442 nafar nomzod ariza topshirdi. Eng munosib ishtirokchilarni aniqlash maqsadida saralash jarayoni uch bosqichda amalga oshirildi.

Saralash natijalariga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar ta’lim sifati mutaxassisi 100 foizlik grant sohibi deb topildi.

Quvonarlisi, Qo‘qon universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish departamenti rahbari Jasurbek Muhammadjonov barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, grant g‘oliblari qatoridan joy oldi.

Qo‘qon universiteti jamoasi Jasurbek Muhammadjonovni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi hamda unga Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro malaka oshirish dasturidagi ishtirokida muvaffaqiyat tilaydi!

photo_2026-09-23_18-03-32.jpg

#yangiliklar