Fiskal tahlillar instituti bilan hamkorlik

Fiskal tahlillar instituti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
2026-yil 17-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida fiskal siyosat, soliq va bojxona ma’murchiligi hamda yashirin iqtisodiyot yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy-uslubiy va tahliliy materiallar tayyorlash nazarda tutilgan.
Ushbu hamkorlik ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.



