“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” startap ko‘rik-tanloviga start berilmoqda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika startap ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov yo‘nalishlari:
Axborot texnologiyalari (IT) yo‘nalishi:
Dasturiy ta’minot (Desktop, modullar va tizimlar);
Veb-ishlanmalar (Saytlar, veb-ilovalar va platformalar);
Mobil ilovalar (Android / iOS);
Sun’iy intellekt (AI modellar, algoritmlar, ma’lumotlar tahlili);
Kiberxavfsizlik (Xavfsizlik tizimlari va yechimlar);
Raqamli ta’lim (Ta’limiy platformalar va interaktiv vositalar).
Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi:
Avtomatlashtirilgan mexatronika va robototexnika tizimlari;
Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari (Sensorlar va masofaviy boshqaruv).
Universitet bosqichida: G‘oliblar Farg‘ona viloyati hududiy bosqichiga yo‘llanma oladi!
Ishtirok etish shartlari:
Qo‘qon universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba-qizlar qatnashishi mumkin.
Loyihalar ishchi holatda, jonli namoyish (demo) orqali hakamlar hay’atiga 5–7 daqiqa davomida taqdim etiladi.
O‘tkazilish joyi: Qo‘qon universiteti C bino majlislar zali
Sanasi: 2026-yil 30-sentabr 14:00
Murojaat va ro‘yxatdan o‘tish: Iqtidorli talabalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash departamenti hamda o‘z fakultetingiz tyutorlari.
Tanlov nizomi bilan tanishish uchun bosing
@Ku_startap




