+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Davlat granti tanlovi: arizalar qabuli davom etmoqda!

Abdullah Bahromov 15.10.2026 23 marta ko'rilgan
Davlat granti tanlovi: arizalar qabuli davom etmoqda!

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, Qo‘qon universiteti talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda!

MUHIM ESLATMA!

Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun havola: https://my.uzbmb.uz

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
2026/2027-o’quv yilida Qo‘qon universiteti bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 1-kurs kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar.

Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlari — Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Muhim! Tanlov natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

Bog‘lanish uchun:

 +(998) 73 545-55-55
 +(998) 73 545-44-44

photo_2026-10-15_17-10-29.jpg

#yangiliklar