StudEXPO-2026 — g‘oyalaringizni xalqaro maydonda namoyish eting!

23-oktyabr kuni University of Business and Science’da “StudEXPO-2026: Computer Science and Design” xalqaro talabalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma talabalar loyihalarini keng jamoatchilikka taqdim etish, yoshlarning professional salohiyatini ochish va xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan.
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini quyidagi 5 yo‘nalishda taqdim etishlari mumkin:
— dasturlash, mobil va veb-ilovalar;
— robototexnika, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt;
— 3D modellashtirish va Motion Animation;
— illyustratsiya va grafik dizayn;
— dasturlash olimpiadasi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining 15–25 yoshdagi talabalari ishtirok etishi mumkin. Har bir ishtirokchiga sertifikat topshiriladi, g‘oliblar esa qimmatbaho sovg‘alar, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.
23-oktyabr, 2026
Ro‘yxatdan o‘tish: 21-oktyabrgacha




