Islohotlar bilimdoni keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining Qo‘qon universiteti bosqichi

Hurmatli pedagog xodimlar va talabalar!
Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiya tomonidan tashkil etilgan "Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovining Qoʻqon universiteti bosqichida ishtirok etishga taklif etamiz!
Bu tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish va ularning ijodiy faolligi hamda siyosiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan.
Ko'rik-tanlov quyidagi 5 ta nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:
Oliy ta'lim muassasalarining pedagog xodimlari uchun:
"Eng faol milliy gʻoya va ma'naviyat targʻibotchisi"
"Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha eng yaxshi kafedra"
"Eng yaxshi tyutor"
"Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi"
Oliy ta'lim muassasasining talabalari uchun:
"Eng faol islohotlar targʻibotchisi"
Tanlov bosqichlari va muddatlari (Universitet bosqichi):
Koʻrik-tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi. Qoʻqon universiteti bosqichi: birinchi bosqich (arizalar qabul qilish va saralash 12-oktabrgacha) hisoblanadi.
Arizalar Iqtidorli talabalarni va startap loyihalarni qo'llab quvvatlash departamenti tomonidan online qabul qilinadi
Ikkinchi bosqich 15-oktabr kuni bo'lib o'tadi.
Tanlov natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan gʻolib (har bir nominatsiya boʻyicha) tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Respublika bosqichi gʻoliblari uchun pul mukofotlari beriladi
Tanlov shartlari va ariza namunasi bilan quyidagi link orqali yuklab batafsil tanishib chiqishingiz mumkin (Ariza namunasi yuklangan faylning so'nngi qismida): https://drive.google.com/file/d/1WA9MZXDQJ5MPpPk8CaId71RDo5vss5F-/view?usp=drive_link
KU_STARTAP
+(998) 73 545-55-55
+(998) 73 545-44-44




