Qo‘qon universitetida koreyalik professor bilan uchrashuv o‘tkazildi
Abdullah Bahromov 14.10.2026 28 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida Janubiy Koreyaning Jungbu universiteti professori, Koreya Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (NIPA) maslahatchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining xalqaro eksperti Kim Soon-Gohn ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, innovatsion texnologiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Professor Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalarning turli sohalarda qo‘llanilishi hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida yosh mutaxassislar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalarga texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuvning interaktiv qismida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xalqaro ekspert bilan fikr almashdilar.




#yangiliklar



