+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Prorektor va yoshlar uchrashuvi davom etadi

Abdullah Bahromov 22.10.2026 34 marta ko'rilgan
Prorektor va yoshlar uchrashuvi davom etadi

 Qo‘qon universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zeboxon Bakirovna Qobilova Ta’lim fakultetining Maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy muloqot davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan ilmiy-ijodiy imkoniyatlar, ilm-fan yo‘lida izlanishning ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va kelajakda malakali, mas’uliyatli hamda o‘z kasbiga sadoqatli mutaxassis bo‘lib yetishishning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, ilmiy izlanish va kasbiy rivojlanish borasida muhim tavsiyalar bilan tanishdilar.

photo_2026-10-22_17-34-32.jpg

photo_2026-10-22_17-34-35.jpg

photo_2026-10-22_17-34-39.jpg

#yangiliklar