Xalqaro akademik almashinuv / Qozog‘iston
Abdullah Bahromov 18.09.2026 5 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetining Moliya, Iqtisodiyot va Turizm yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari "Talabalar almashinuvi" dasturi doirasida Qozog‘istonning Atyrau shahridagi X. Do‘stmuhamedov nomidagi Atyrau universitetiga yetib borib, o‘qishlarini boshlashdi.
Almashinuv dasturi davomida talabalar Atyrau universitetida o‘z yo‘nalishlariga mos fanlarni o‘zlashtirish, xalqaro ta’lim muhitida tahsil olish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xalqaro akademik tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


#yangiliklar



