Xalqaro aloqalar / Qirg'iziston
Abdullah Bahromov 29.09.2026 18 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti «Xalqaro turizm va iqtisodiyot» kafedrasi professor-o‘qituvchilari akademik mobillik dasturi doirasida O‘sh davlat universitetida bo‘lib, Iqtisodiyot fakultetining «Iqtisodiyot» yo‘nalishi talabalari uchun dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.
Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan jami 18 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Darslar zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida olib borilib, talabalar bilan mavzular yuzasidan interaktiv muloqot, fikr almashish va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. 


#yangiliklar



