Xalqaro seminar-treningda faxrli 1-o‘rin!
Abdullah Bahromov 22.09.2026 16 marta ko'rilgan

14–15-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda 200 dan ortiq davlat va oliy ta’lim tashkilotlari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan test-viktorinada Qo‘qon universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish departamenti rahbari Jasurbek Muhammadjonov faxrli 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan diplom va qimmatbaho planshet bilan taqdirlandi.
Qo‘qon universiteti jamoasi Jasurbek Muhammadjonovni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi!



#yangiliklar



