Yangi_tayinlov
Abdullah Bahromov 08.09.2026 3 marta ko'rilgan

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. Abdunazarov Lutfillo Mamanovich Qo‘qon universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi mudiri etib tayinlandi.
L.Abdunazarov 1998-yilda Farg‘ona davlat universitetining geografiya yo‘nalishini tamomlagan. 1999–2000-yillarda mazkur universitetda pedagog-tadqiqotchi sifatida faoliyatini boshlagan.
Mehnat faoliyati davomida Qo‘qon davlat pedagogika institutida geografiya kafedrasi o‘qituvchisi va katta o‘qituvchisi, Tabiiyot va geografiya fakulteti o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi mudiri hamda dotsent lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.
2025-yildan Qo‘qon universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti sifatida pedagogik faoliyat yuritib kelgan.
Jamoamiz nomidan yangi lavozim bilan muborakbod etamiz!

#yangiliklar



