Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun saralash bosqichi
Abdullah Bahromov 13.10.2026 20 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 20 dan ortiq qizlar adabiyot, ta’lim, fan va ijtimoiy-jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarini taqdim etdilar.
Tanlovning universitet bosqichida quyidagi talabgorlar munosib qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritib keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar:
Fan va taʼlim yo‘nalishida
Qo‘qon universiteti pedagogika-psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Mo‘minaxon Baxtiyorova;
Iqtisodiyot fakulteti talabasi Madinabonu Mamatxonova;
Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi talabasi
Dildoraxon Turobova;
Madaniyat va sanʼat yo‘nalishi bo‘yicha
Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi talabasi Zeboxon Ismoilova;
Jamoatchilik yo‘nalishida
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari
Sevinch Zulfiqorova
Asilaxon Yusupova;
Adabiyot yo‘nalishida Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi Ro‘zixon Rahmonjonova.
Ilm, ijod va ijtimoiy faollikda o‘z o‘rnini topayotgan qizlarimizga tanlovning keyingi bosqichlarida omad tilab qolamiz!





#yangiliklar



