Albatta, Qo‘qon universiteti talabalari uchun 1 semestrga mo'ljallangan almashinuv dasturlari mavjud. Ular asosan ta'lim yo'nalishlariga qarab ushbu davlatlarda amalga oshiriladi: Janubiy Koreya, Indoneziya, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Serbiya, Ispaniya.
Asosiy talablari:
1. GPA ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishi kerak
2. Til bilish sertifikati (Ingliz tili B2) darajasi bo‘lishi lozim;
3. Xorijga chiqish pasportiga ega bo'lish.
Kunduzgi ta'lim shaklli:
- Iqtisodiyot
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Kiberxavfsizlik injiniringi
- Kompyuter injiniringi
- Turizm va mehmondo‘stlik
- Maktabgacha ta’lim
- Boshlang‘ich ta’lim
- Maxsus pedagogika
- Psixologiya
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, rus tili, o‘zbsk tili
- Tarix
Masofaviy ta'lim shaklli:
- Psixologiya
- Tarix
- Iqtisodiyot
- Moliya
- Kiberxavfsizlik injiniringi
- Kompyuter injiniringi
Talaba yangi o’quv yili uchun berilgan shartnomada bir o’quv yili uchun jami to’lov miqdori, qachon va qancha miqdorda amalga oshirishligi belgilab o’tilgan. Kontrakt to’lovini faqat bank orqali amalga oshirish mumkin. Har to’lov qilganda shartnomani bankga oborgan holda shartnomada ko’rsatilgan hisob raqamga, shartnoma raqamini va talabaning ism familiyasi va otasini ismini to’liq yozish orqali o’tkazib berishini so’rashingiz kerak bo’ladi.
Albatda bor, Universitetda “Karyera markazi” mavjud. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Ushbu bo'limning maqsadi ta’lim xizmatlari bozorida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, universitet hamda bitiruvchilar o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatish, ularning kelgusi professional faoliyati, erishgan yutuqlari va tajribalarini rasmiy veb-saytda joylashtirib borish, ular bilan talabalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, mahorat darslari tashkil etish, shartnomalar tuzishni tashkil qilishdan iborat.
Ha, mavjud!
Qo‘qon Universitetida uzoq hududlardan kelgan talabalar uchun zamonaviy, barcha sharoitlarga ega talabalar yotoqxonasi faoliyat yuritadi.
Yotoqxonada talabalar uchun:
· Yotoq joylari (2-3-4 kishilik xonalar),
· Issiq va sovuq suv ta’minoti,
· Wi-Fi internet tarmog‘i,
· Kutubxona va Kompyuterlar bilan jihozlangan o‘quv burchaklari,
· Dam olish xonalari,
· Sanitariya-gigiyena talablari asosida to‘liq jihozlangan sharoitlar yaratilgan.
Albatta bor!
Bizda talabalar uchun barcha yo‘nalishlarda faoliyat olib borilmoqda. Eng quvonarlisi — bu kurslar va to‘garaklarning barchasi mutlaqo bepul tarzda tashkil etilgan!
Til kurslari:
· Ingliz tili
· IELTS tayyorlov kursi
· Nemis tili
· Koreys tili
· Rus tili
· Turk tili
· Arab tili
Sport to‘garaklari:
· Futbol
· Basketbol
· Voleybol
· Tenis
· Shaxmat
· Badminton
IT to‘garaklari:
· Dasturlash asoslari (Coding)
· Kompyuter savodxonligi
· Grafik dizayn
Barcha mashg‘ulotlar malakali ustozlar tomonidan olib boriladi va zamonaviy sharoitlarda o‘tkaziladi. Talabalarimiz o‘z qiziqishlari va maqsadlariga mos yo‘nalishni tanlab, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin.
2025-2026 o’quv yili uchun berilgan to’lov shartnomasining 2.2. bandida ko’rsatilgandandek to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshirishingiz kerak bo’ladi:
1-to’lov - 2025 yil 1 oktyabarga qadar (sentyabr oyi davomida) kontrakt miqdorining 25% qisimini amalga oshirasiz,
2-to’lov - 2026 yil 1 yanvarga qadar (dekabar oyi davomida) kontrakt miqdorining 25% qisimini amalga oshirasiz,
3-to’lov - 2026 yil 1 aprelga qadar (mart oyi damovida) kontrakt miqdorining 25% qisimini amalga oshirasiz,
4-to’lov - 2026 yil 1 iyunga qadar (may oyi davomida) kontrakt miqdorining 25% qisimini amalga oshirasiz,
Hurmatli talabalar!
Hemis platformasi orqali — Har bir talaba o‘zining shaxsiy kabinetiga kirgan holda dars jadvalini, o‘qituvchilar ro‘yxatini, auditoriyalarni va dars vaqti bo‘yicha barcha kerakli ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin.
Shaxsiy kabinetga kirish uchun:
https://student.kokanduni.uz/ quyidagi havolasiga kirish orqali amalga oshiriladi.
Login va parol tizimga kiritiladi.
Qo‘qon Universitetida ta’lim shakllari mavjud va quyidagi yo‘nalishlarda qabul amalga oshiriladi:
Kunduzgi ta’lim — An’anaviy tarzda, darslar universitet binosida olib boriladi.
Masofaviy ta’lim — Ishlayotganlar yoki boshqa sabablarga ko‘ra universitetga doimiy kelolmaydiganlar uchun qulay onlayn o‘qish imkoniyati.
Ikkinchi oliy ta’lim (kunduzgi va masofaviy) — Allaqachon bir oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar uchun qayta mutaxassislik olish imkoniyati.
Magistratura (kunduzgi) — Bakalavriatni tamomlaganlar uchun chuqurlashtirilgan mutaxassislik bo‘yicha bilim olish bosqichi.
Boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirish — O‘zbekiston va xorijdagi boshqa oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun Qo‘qon Universitetiga o‘qishni ko‘chirish imkoniyati.
Texnikum (kollej) bitiruvchilari uchun qabul — O‘rta maxsus ta’lim muassasasini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida asosda universitetga kirish imkoniyati.
Qo‘qon Universiteti — har bir talabaning o‘z holatiga mos va qulay shaklda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlaydi. Sizga mos ta’lim shaklini tanlang va biz bilan kelajagingiz sari ishonchli qadam tashlang!
