Prezident va nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lgan talabalarni tantanali tarzda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabr 464-son buyrugʻiga binoan, 2024-2025-oʻquv yili uchun Respublika oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriat talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.
Ushbu stipendiyantlar qatori Qoʻqon Universitetining bir guruh iqtidorli talabalari ham oʻrin egallagan. Jumladan:
Prezident stipendiyasi sohibi:
1. Musabekov Sherali Nazarali oʻgʻli - Moliya va moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishi
Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari:
1. Odilova Maxliyoxon Doniyorjon qizi - Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
2. Elmurodov Muhammadqodir Nurmuhammad oʻgʻli - Iqtisodiyot yoʻnalishi
3. Siddiqova Farangiz Ravshanjon qizi - Iqtisodiyot yoʻnalishi
4. Najmiddinova Shahnozaxon Shamsiddin qizi - Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi:
1. Madaliyeva Xurshida Ulugʻbek qizi - Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi.
