+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Ilmiy yutuq

Ilmiy yutuq

23.06.2026

Qoʻqon universiteti Ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Kalendarova Zaravshan Kalbaevna "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi" ixtisosligi doirasida dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi. Ushbu ilmiy daraja O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 10-iyundagi 386/1-sonli qaroriga muvofiq taqdim etildi. Qoʻqon universiteti jamoasi nomidan Kalendarova Zaravshan Kalbaevnani samimiy tabriklaymiz, keyingi faoliyatlarida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!