Lund universiteti (Shvetsiya) va Qo'qon universiteti o'rtasidagi Erasmus+ ICM hamkorlik dasturi doirasida almashinuv o'qishi.
02.09.2026

KU talabalari (2- va 3-kurs talabalari) Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi dasturi (2025–2028) doirasida Shvetsiyaning Lund universitetida almashinuv o'qishida qatnashish uchun ariza topshirishga taklif etiladi. Almashinuv "Xo'jalik huquqi" yo'nalishiga qaratilgan bo'lib, talabalarga Yevropa yondashuvlari bilan tanishish va huquqiy-iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.
📅 O'qish davri: 2027-yil 15-yanvar – 15-iyun
💶 Stipendiya shartlari:
Yo'l xarajatlari (chipta) qoplanadi
O'qish uchun to'lovdan ozod etiladi
Yashash uchun oyiga 900 EVRO miqdorida stipendiya beriladi
Talab qilinadigan hujjatlar:
Motivatsion xat
"O'zbekistonda biznes muhiti va huquqiy madaniyat" mavzusida 1500 so'zdan iborat esse
O'qish natijalari (baholar) haqidagi ma'lumotnoma/transkript
Ingliz tili bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL yoki CEFR)
Ariza hujjatlari qog'oz va elektron shaklda D205-xonaga topshirilishi kerak.
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 21-sentabr, soat 18:00 (Toshkent vaqti) gacha.
