+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

KARABÜK UNIVERSITETDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN XALQARO IMKONIYATLAR

KARABÜK UNIVERSITETDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN XALQARO IMKONIYATLAR

21.09.2026

KARABÜK UNIVERSITETDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN XALQARO IMKONIYATLAR

Kokand University professor-o‘qituvchilari diqqatiga!

Kokand Universiteti va Turkiyaning Karabük Universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish, akademik mobillik va stajirovka imkoniyatlari taklif etiladi.

PEDAGOGIK XODIMLARNI TANLAB OLISH MEZONLARI

Tanlov 100 ballik baholash tizimi asosida o‘tkaziladi:

Baholash mezoni

Maksimal ball

Baholash manbai

1

Chet tili bilish darajasi

20 ball

Sertifikat / test

2

Ilmiy yutuqlar — xalqaro/mahalliy nashrlar, monografiya, patent va boshqalar

25 ball

Nashrlar ro‘yxati / tegishli hujjatlar

3

Grant va ilmiy loyihalardagi ishtirok ulushi

20 ball

Loyiha hujjatlari

4

KPI tizimidagi ballar — so‘nggi baholash davri

20 ball

KPI hisoboti

5

Ilmiy va akademik faoliyatdagi faollik — konferensiyalar, tashkiliy faoliyat va boshqalar

10 ball

Sertifikat / hujjatlar

6

Kafedra/fakultet tavsiyasi va intervyu natijasi

5 ball

Tavsiyanoma / komissiya baholovi

 

JAMI

100 BALL

 

Izoh 1:Ba’zi hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlari qo‘shimcha talab qilinishi mumkin. Hamda qo‘shimcha shartlarni bajarilishi birinchi darajali majburiyat hisoblanadi va ular ballik tizim ichiga olinmaydi.

Izoh 2: Safarlar 4 xil ko‘rinishda moliyalashtiriladi (grant hisobidan, universitet hisobidan, shaxsiy hisobdan yoki aralash va bu uchun ichki moliyalashtirish qarorini chiqaruvchi komissiya tuzilishi mumkin.

 

🌍 DASTUR DOIRASIDAGI IMKONIYATLAR

🎓 Malaka oshirish — zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish

Akademik mobillik — xorijiy universitet bilan tajriba almashish

🏛️ Stajirovka — Karabük Universitetida kasbiy tajriba orttirish

👨🏫 Seminar, trening va ochiq ma’ruzalar — akademik tadbirlarda faol ishtirok etish

💻 Zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar — ta’lim jarayonida yangi texnologiyalarni o‘rganish

🤖 Sun’iy intellekt — AI vositalaridan ta’lim va ilmiy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish

🤝 Xalqaro professional aloqalar — xalqaro akademik hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish

 

🎓 MALAKA OSHIRISH DASTURI

Davomiyligi: 2 hafta (online) + 2 hafta (offline)
📚 O‘quv yuklamasi: 144 soat
💻 Ta’lim shakli: aralash (gibrid)

📌 Asosiy yo‘nalishlar (mavzular):

  • Kredit-modul tizimi
  • Pedagogik mahorat
  • Ilmiy va innovatsion faoliyat
  • Raqamli texnologiyalar
  • Amaliy ingliz tili
  • Sun’iy intellekt

 

💳 DASTURDA ISHTIROK ETISH — PULLIK (turar joy, dasturda ishtirok, ovqatlanish, transport)

Malaka oshirish dasturida ishtirok etish pullik asosda amalga oshiriladi.

Eslatma: Akademik mobillik va stajirovkaning muddati, dasturi va xarajatlari alohida kelishuv asosida belgilanadi.

 

ARIZA TOPSHIRISH

Ariza topshirish joyi:
Kokand Universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti

Ariza topshirishning oxirgi muddati:
📅 15-oktabr 2026-yil

Mas’ul bo‘lim:
Kokand Universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti

📧mrmadaminova@kokanduni.uz