ATIRAU UNIVERSITETIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN XALQARO IMKONIYATLAR
22.09.2026

Kokand Universiteti professor-o‘qituvchilari diqqatiga!
Kokand Universiteti va Atirau Universiteti (Qozog‘iston) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar uchun akademik mobillik, malaka oshirish va stajirovka imkoniyatlari taqdim etiladi.
PEDAGOGIK XODIMLARNI TANLAB OLISH MEZONLARI
Tanlov 100 ballik baholash tizimi asosida o‘tkaziladi:
|
№ |
Baholash mezoni |
Maksimal ball |
Baholash manbai |
|
1 |
Chet tili bilish darajasi |
20 ball |
Sertifikat / test |
|
2 |
Ilmiy yutuqlar — xalqaro/mahalliy nashrlar, monografiya, patent va boshqalar |
25 ball |
Nashrlar ro‘yxati / tegishli hujjatlar |
|
3 |
Grant va ilmiy loyihalardagi ishtirok ulushi |
20 ball |
Loyiha hujjatlari |
|
4 |
KPI tizimidagi ballar — so‘nggi baholash davri |
20 ball |
KPI hisoboti |
|
5 |
Ilmiy va akademik faoliyatdagi faollik — konferensiyalar, tashkiliy faoliyat va boshqalar |
10 ball |
Sertifikat / hujjatlar |
|
6 |
Kafedra/fakultet tavsiyasi va intervyu natijasi |
5 ball |
Tavsiyanoma / komissiya baholovi |
|
JAMI |
100 BALL |
Izoh 1:Ba’zi hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlari qo‘shimcha talab qilinishi mumkin. Hamda qo‘shimcha shartlarni bajarilishi birinchi darajali majburiyat hisoblanadi va ular ballik tizim ichiga olinmaydi.
Izoh 2: Safarlar 4 xil ko‘rinishda moliyalashtiriladi (grant hisobidan, universitet hisobidan, shaxsiy hisobdan yoki aralash va bu uchun ichki moliyalashtirish qarorini chiqaruvchi komissiya tuzilishi mumkin.
ASOSIY IMKONIYATLAR
🔹 Akademik mobillik
🔹 Malaka oshirish
🔹 Stajirovka
🔹 Ilmiy-tadqiqot va tajriba almashinuvi
🔹 Scopus maqola tayyorlash va yozish
MOS YO‘NALISHLAR
👩🏫 Pedagogika va ta’lim
Maktabgacha ta’lim • Boshlang‘ich ta’lim • Maxsus pedagogika
🧠 Psixologiya
💻 IT va raqamli texnologiyalar
Kompyuter injiniringi • Kiberxavfsizlik injiniringi
💰 Iqtisodiyot va moliya
Iqtisodiyot • Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🌍 Filologiya va xorijiy tillar
Ingliz tili
O‘zbek tili
Rus tili
🏛️ Tarix
✈️ Turizm va mehmondo‘stlik
Iqtisodiyot yo‘nalishida malaka oshirish hamda Scopus bazasidagi jurnallarga ilmiy maqola tayyorlash va yozish bo‘yicha imkoniyatlar mavjud.
⭐ MUHIM AFZALLIK
Atirau Universiteti dasturda ishtirok etuvchi Kokand Universitet professor-o‘qituvchilarini turar joy bilan ta’minlaydi.
📍 Manzil: Atirau Universiteti, Qozog‘iston
🎓 Ishtirokchilar: Kokand Universiteti professor-o‘qituvchilari
ARIZA TOPSHIRISH
Ariza topshirish joyi:
Kokand Universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
📅 20-oktabr 2026-yil
Mas’ul bo‘lim:
Kokand Universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti
