+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

XITOYDA XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETISH IMKONIYATI!

XITOYDA XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETISH IMKONIYATI!

24.09.2026

XITOYDA XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETISH IMKONIYATI!

Xalqaro seminarda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha odamlar diqqatiga!

Xitoyda “Green Trade for Shanghai Cooperation Organization” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi. 🌱🌏

📅 4–18 noyabr 2026-yil
📍 Pekin, Xitoy
👥 Ishtirokchilar soni: 25 nafar

🌿 SEMINAR NIMA HAQIDA?

Seminar doirasida yashil savdo, yashil iqtisodiyot, past uglerodli rivojlanish va barqaror xalqaro savdo yo‘nalishlari bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganiladi.

Ishtirokchilar:
✨ xalqaro ekspertlar ma’ruzalarida qatnashadi;
✨ ShHT davlatlari vakillari bilan tajriba almashadi;
✨ Xitoyning tegishli tashkilot va korxonalariga tashrif buyuradi;
✨ yashil iqtisodiyot va savdo sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishadi.

👤 ASOSIY TALABLAR

🔹 Ingliz tilini yaxshi bilish;
🔹 xorijga chiqish passporti (zagran passport)
🔹 tegishli professional faoliyat yoki boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish;
🔹 yosh bo‘yicha belgilangan talablarga javob berish.

 

📌 Muhim: ishtirokchilar uchun kvota cheklangan — 25 nafar.

📌 SEMINARDA ISHTIROK ETISH PULLIK asosda amalga oshiriladi

 

Xalqaro tajriba, professional networking va Xitoyning ilg‘or tajribasi bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🌱

ARIZA TOPSHIRISH

Ariza topshirish joyi:
Kokand Universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti (D205)

Ariza topshirishning oxirgi muddati:
📅 30 sentyabr 2026-yil

Mas’ul bo‘lim:
Kokand Universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti

📧mrmadaminova@kokanduni.uz