Xurshidbek Prezident davlat stipendiyasi sohibi!

Qo‘qon universitetining Moliya yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xurshidbek Tolibjonov Prezident davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi!
U “Kelajak Liderlari” klubining faol a’zosi. Iqtidori va bilimi, yuqori reyting bahosi, ilmiy izlanishlari va universitet akademik hayotida alohida faollik ko‘rsatgani bois “Yil a’lochisi” nomini olgan va “Rektor Stipendiyasi” sohibi ham bo‘lgan.
