+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

ERASMUS+ ICM | ISPANIYADA AKADEMIK MOBILLIK IMKONIYATI

ERASMUS+ ICM | ISPANIYADA AKADEMIK MOBILLIK IMKONIYATI

07.10.2026

ERASMUS+ ICM | ISPANIYADA AKADEMIK MOBILLIK IMKONIYATI

ERASMUS+ KA171: ISPANIYADA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV E’LON QILINADI

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari diqqatiga!

Qo‘qon universiteti hamda Ispaniyaning CPIFP Los Enlaces ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Erasmus+ KA171 dasturi bo‘yicha 2026/2027-o‘quv yili uchun 2 ta xalqaro staff mobillik o‘rni uchun tanlov e’lon qilinadi.

Mazkur mobillik Erasmus+ KA171 loyihasi 2025-1-ES01-KA171-HED-000337853 doirasida amalga oshiriladi.

Qabul qiluvchi tashkilot

CPIFP Los Enlaces
📍 Zaragoza, Ispaniya

🎓 Mobillik turi

Staff Training Mobility (STT)

Tanlov doirasida quyidagi toifadagi xodimlar ishtirok etishi mumkin:

• xalqaro mobillik yoki akademik xodimlar;
• boshqaruv xodimlari, jumladan, o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar va boshqa yuqori darajadagi ma’muriy xodimlar;
• kafedra mudirlari.

📅 Mobillik muddati

Mobillikning umumiy davomiyligi 7 kunni tashkil etadi:

• 5 kun – CPIFP Los Enlacesda;
• 2 kun – borish va qaytish uchun safar kunlari.

Dastlabki mobillik sanalari: 2027-yil 22-26 Fevral. Sanalar ikki universitetning mobillik bo‘limlari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.

👤 Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

Nomzod:

✅ 2026/2027-o‘quv yilida Qo‘qon universitetining xalqaro mobillik yoki akademik xodimi bo‘lishi;

✅ CEFR bo‘yicha kamida B2 darajadagi ingliz tilini bilishi;

✅ belgilangan muddatda barcha talab etilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.

💶 Moliyaviy ta’minot

Mobillik Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtiriladi.

Tanlangan ishtirokchiga:

✈️ Safar xarajatlari uchun – 1 188 yevro

🏨 Kunlik yashash xarajatlari uchun – 170 yevro/kun, 7 kungacha

miqdorida grant ajratiladi.

Shuningdek, CPIFP Los Enlaces tomonidan ishtirokchilar uchun 7 kunlik fuqarolik javobgarligi, baxtsiz hodisa va tibbiy sug‘urta ta’minlanadi.

📌 Viza talab etilgan taqdirda, viza xarajatlari ishtirokchining o‘zi tomonidan qoplanadi. Mezbon tashkilot zarur hollarda taklifnoma taqdim etadi.

📊 Tanlov mezonlari

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

• Akademik yutuqlar – maksimal 10 ball
• Tillar – maksimal 7 ball
• Ilmiy nashrlar – maksimal 3 ball
• Kutilayotgan ta’sir va natijalarni tarqatish – maksimal 2 ball

Tanlovda avvalo 1-toifa – xalqaro mobillik/akademik xodimlarga ustuvorlik beriladi. Qolgan o‘rinlar mavjud bo‘lsa, ular 2- va 3-toifadagi nomzodlarga navbat bilan ajratiladi.

📑 Ariza topshirish

Arizalar onlayn shaklda topshiriladi.

📅 Ariza topshirish muddati:
2026-yil 30-oktabr soat 24:00 gacha.

Bundan tashqari, nomzodlar o‘zlarining barcha tasdiqlangan yutuq va meritlarini raqamlangan holda elektron shaklda movilidad@cpilosenlaces.com manziliga yuborishlari hamda 2026/2027-o‘quv yilida Qo‘qon universitetida akademik xodim ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak.

⚠️ Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

📢 Natijalar

📌 Dastlabki natijalar: 10-noyabr 2026-yil

📌 E’tiroz bildirish muddati: 10–15-noyabr 2026-yil

📌 Yakuniy natijalar: 20-noyabr 2026-yil.

Erasmus+ KA171 dasturi orqali xalqaro akademik va kasbiy tajriba orttirish, xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish hamda Qo‘qon universiteti va Yevropa ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatidan foydalaning!