14-may kuni Toshkent shahrida “Yangi kitob” loyihasining ilk taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Otabek Mamajonov 15.05.2026 120 marta ko'rilgan

Tadbir davomida yangi nashr qilingan 6 ta kitobning shou-taqdimotlari tashkil etildi. Kitoblar mutlaqo yangicha uslubda namoyish etilib, teatrlashtirilgan sahnalar, sun’iy idrok yordamida tayyorlangan videolar, yozuvchi, tarjimon va noshirlarning jonli chiqishlari hamda imzolash marosimlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbirda Qo‘qon universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Yaqin kunlarda ushbu yangi kitoblar bilan universitetimiz kutubxonasida tanishishingiz mumkin.




#yangiliklar



