+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Universitet haqida

Biz haqimizda

Kokand University

Qo'qon universiteti (ing. Kokand University) – Farg'ona viloyatining Qo'qon shahridagi birinchi nodavlat universiteti. Universitet shaharning markazi – Turkiston ko'chasida joylashgan. Qo'qon universiteti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 683-sonli "Qo'qon universitetini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga binoan nodavlat oliy ta'lim muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Qaror bilan Universitetga xalqaro e'tirof etilgan reytinglarning (Times Higher Education – THE, Quacquarelli Symonds – QS) top-1000 talik ro'yxatiga kirgan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatish, shuningdek, kunduzgi, sirtqi-masofaviy va maxsus sirtqi ta'lim shakllarida bakalavr yo'nalishlari mutaxassisliklari dasturlari asosida o'qitish huquqi berilgan. Universitet o'z faoliyatini Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasining Qarori va "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 31-bandiga muvofiq, Qo'qon Universitetining diplomlari O'zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

Bizning maqsadimiz

Maqsad va vazifalarimiz

Qo'qon universiteti yoshlarni vatanga muhabbat, milliy g'urur va fuqarolik mas'uliyatiga ega yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga intiladi. Biz ularni O'zbekiston taraqqiyotiga hissa qo'shuvchi, innovatsion va ijodiy qarorlar qabul qila oladigan yangi avlod mutaxassislari va biznes rahbarlari sifatida shakllantiramiz. Universitetimizda ta'lim jarayoni zamonaviy standartlar va global talablar asosida tashkil etilgan bo'lib, talabalar raqobatbardosh bilim, ko'nikma va malakalarni egallashadi, bozor iqtisodiyoti va global mehnat bozoriga tayyorlanadi. Biz raqamli va innovatsion ta'lim muhitini yaratishga, elektron ta'lim tizimlari, sun'iy intellekt va masofaviy o'qitish imkoniyatlarini kengaytirishga e'tibor qaratamiz. Shu bilan birga, talabalarimiz xalqaro reytinglarda o'z o'rnini mustahkamlash, ilmiy natijalar va global hamkorlik orqali universitet brendini kuchaytirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Qo'qon universiteti – bu kelajak liderlari, ijodiy mutaxassislar va global tajribaga ega yetuk shaxslarni tarbiyalaydigan zamonaviy va xalqaro miqyosdagi ta'lim maskani.

Missiyamiz

Universitet missiyasi

Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar asosida raqobatbardosh, ijtimoiy mas'uliyatli, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini jamiyat taraqqiyotiga yo'naltirish, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi, yetuk shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

1

Universitetni xalqaro maydonda nufuzini oshirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish, xalqaro akkreditatsiyadan o'tish bo'yicha ishlarni tashkil etish, xalqaro akkreditatsiya talablari asosida ISO sertifikatiga ega bo'lish.

2

Smart Academic Timetable elektron ta'lim jarayoni dasturini ishlab chiqish (Hero study elektron o'quv, ilmiy va boshqaruv axborot kommunikatsiya platformasi asosida)

3

Xalqaro reyting agentliklari indikatorlari asosida ishlarni jadallashtirish, universitet rasmiy veb-saytini Webometrics reytingi talabidan kelib chiqib Majestic va Ahrefs qidiruv mexanizmlari orqali optimallashtirish

4

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda "Yoshlar innovatsiya texnoparki"ni ishga tushirish

5

Iqtidorli talabalar seleksiyasini amalga oshirish va ular bilan maxsus dasturlar asosida startap loyihalarni ishlab chiqish

6

Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda (Scopus, Web of Science) maqolalar chop etishni jadallashtirish

7

Cheksiz miqdordagi ishtirokchilarni qamrab oluvchi masofaviy ta'lim platformasini ishga tushirish

8

Hududiy rivojlanishga bag'ishlangan tadqiqotlarni amalga oshirish, analitik hisobotlarni tayyorlash, interaktiv muloqotlarga malakali olimlar va mutaxassislarni jalb etish

Qo'qon universiteti talabalari safiga qo'shiling!

Qo'qon universiteti talabalari safiga qo'shiling!

O'zbekistonning iqtisodiyoti va ta'lim tizimida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot va biznes, turizm yo'nalishida faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlar yaratilyapti. O'zbekistondagi birinchi nodavlat mustaqil universitet sifatida biz Qo'qon universitetida sizga iqtisodiyot va ta'lim yo'nalishlarida xalqaro darajadagi oliy ta'limni taqdim etamiz. Dunyoning eng nufuzli universitetlari bilan akademik hamkorlikda sizlarga maqsadlaringizga oson eltadigan bilim va ko'nikmalar beramiz. Biz yetuk biznes bitiruvchilarini tayyorlash uchun professional akademik kadrlarni jalb etamiz, mamlakatning yetakchi tadbirkorlari biznes mahoratidan bahramand bo'lishingizni ta'minlaymiz.

Diplom namunasi

Diplom namunasi

Diplom ichki tarafi
Diplom oldi tarafi