Qo‘qon universitetida “TURIZM – UMUMIY MEROS, UMUMIY KELAJAK” nomli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi!

Mazkur tadbir doirasida turli xalqlarning milliy madaniyati, an’analari va mehmondo‘stlik ruhi bir sahnada mujassam namoyon bo‘ldi.
Dastur davomida ishtirokchilar turli xalqlarning:
1️⃣ Milliy taomlari,
2️⃣ Milliy kiyim-kechaklari
3️⃣ Milliy dekoratsiyalari ,
4️⃣ Milliy raqslari va sahna ko‘rinishlari bilan tanishdilar.
Tadbirga barchaning faol ishtiroki bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Eng faol ishtirokchilar birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar bilan taqdirlanib, esdalik sovg‘alari topshirildi.








