Germaniyalik ekspert Qo'qon universitetida

Germaniya Federativ Respublikasidan Senior Experten Service (SES) dasturi doirasida tashrif buyurgan pedagogika sohasi bo‘yicha ekspert, doktor Werner Ramon Leyendecker Qo‘qon universitetida ilmiy-o‘quv seminar o‘tkazdi.
Mazkur seminar Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish hamda filologiya yo‘nalishida dars berish sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.
Seminar davomida xorijiy tajribalar asosida interaktiv o‘qitish usullari, talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish yo‘llari hamda ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanishning ahamiyati keng yoritib berildi.
Shuningdek, tashrif doirasida ekspert Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun Filologiya kafedrasi dotsenti v.b., (PhD) Omonov Baxtiyorjon Xabitovich tomonidan olib borilayotgan xorijiy til darsini kuzatib, o‘zining amaliy tavsiyalarini bildirdi.





