+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida general va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 07.11.2025 153 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida general va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun Qo‘qon universitetida general va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlarning dolzarb muammolari, ularning jamiyatdagi o‘rni hamda kelajakdagi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilar tomonidan ularning fikrlari va takliflari tinglandi. Suhbat jarayonida yoshlarga oid masalalarni hal etishda ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbirda kiberxavfsizlik mavzusiga bag‘ishlangan muhokamalar o‘tkazildi. Yoshlarning raqamli dunyoda xavfsiz faoliyat yuritishi, ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli bo‘lishi, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va samarali foydalanish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqildi.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar uchun o‘z fikrini erkin bildirish, takliflarini ilgari surish imkoniyatini yaratdi.

photo_2025-11-18_16-08-35.jpg

#yangiliklar