+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti vakili Orhun dasturi doirasida Turkiyaga tashrif buyurdi

Otabek Mamajonov 29.04.2026 60 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti vakili Orhun dasturi doirasida Turkiyaga tashrif buyurdi

 Qo‘qon universiteti Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani, PhD Jasurbek Turg‘unov Orhun akademik almashinuv dasturi doirasida Alanya Alaaddin Keykubat University (ALKU)da xizmat safarini amalga oshirmoqda.

 Ushbu tashrif doirasida Jasurbek Turg‘unov universitetda tashkil etilgan ilmiy uchrashuvda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, u “Uzbekistan: Rising Central Asian Power” mavzusida ma’ruza bilan qatnashib, O‘zbekistonning mintaqadagi o‘rni, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida atroflicha fikr bildirdi.

  Shuningdek, tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida kelgusidagi akademik hamkorlik, qo‘shma loyihalar va almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinmoqda.

photo_2026-04-29_15-01-15.jpgphoto_2026-04-29_15-01-21.jpg

photo_2026-04-29_15-01-25.jpg

#yangiliklar