Innovatsion hamkorlik shartnomasi imzolandi

Qo‘qon universiteti va “SHAMS” xususiy maktabi o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, dual ta’lim tizimini joriy etish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida tomonlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, amaliyot bazalarini kengaytirish, talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish, malaka oshirish va zamonaviy bilimlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.
Shuningdek, shartnoma asosida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyot va stajirovkalarga yo‘naltirish hamda kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.






