Qo'qon universitetida navbatdagi kafedra muhokamasi

Qo'qon universiteti HR departamenti boshlig‘i Abduhamidov Abdurahmon Abdulatif o‘g‘lining “Kichik korxonalarda mehnatni me’yorlashtirish tizimini takomillashtirish mexanizmlari” mavzusidagi, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishi Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedra muhokamasida ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, kichik korxonalarda mehnatni samarali tashkil etish, me’yorlashtirish tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhim ilmiy yo‘nalish sifatida e’tirof etildi.
Kafedra a’zolari tomonidan dissertatsiya ishining mazmuni yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yuqori baholanib, ishni keyingi bosqichlarga tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.







