Bitiruv malakaviy ishining himoyaoldi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bitiruv malakaviy ishining himoyaoldi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
24-aprel kuni Ta’lim fakulteti psixologiya yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida bitiruv malakaviy ishi himoyaoldi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhokama jarayonida talabalar o‘z ilmiy-ijodiy izlanishlarini taqdim etdilar, mavzulari yuzasidan fikr-mulohaza bildirdilar hamda ustozlar tomonidan amaliy maslahat va tavsiyalar olishdi. Mazkur muhokama talabalarning ilmiy salohiyatini baholash, ularning ilmiy ishga bo‘lgan yondashuvini chuqur tahlil qilish va bitiruv oldidan tayyorgarlikni yanada mukammallashtirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar faolligi, mavzularning dolzarbligi va taqdimot sifati yuqori darajada baholandi.



