+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Navbatdagi ilmiy-nazariy anjuman

Otabek Mamajonov 19.11.2025 197 marta ko'rilgan
Navbatdagi ilmiy-nazariy anjuman

Taniqli adabiyotshunos olim, tarjimon, professor Ergashev Ochilov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Bobojon G‘ofurov nomidagi Tojikistonning Xo‘jand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Qo‘qon universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir doirasida Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va zamonaviy o‘zbek adabiyotining rivoji bo‘yicha o‘z ilmiy takliflarini bildirdilar.

Anjumanda Qo‘qon universitetining faol ishtiroki ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda adabiyot sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

photo_2025-11-19_10-54-19.jpg

 

photo_2025-11-19_10-54-27.jpg

#yangiliklar