"YOSHLAR KUNI" / “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI
Otabek Mamajonov 25.06.2026 163 marta ko'rilgan

Qo‘qon shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan qator tadbirlar, yarmarkalar va uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Shu munosabat bilan bugun Qo‘qon universitetida talaba yoshlar hamda shahardagi barcha mahallalar faollari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilarning bilim va zukkoligi, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘z intellektual salohiyatini namoyon etdilar.





#yangiliklar



