+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Direktor va talaba yoshlar uchrashuvi

Otabek Mamajonov 23.10.2025 248 marta ko'rilgan
Direktor va talaba yoshlar uchrashuvi

 

Qo‘qon universiteti direktori Zoxidov G‘ofurjon Erkinovich 1-bosqich iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarning o‘qish jarayonidagi fikr va takliflarini tinglash, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda yoshlarni ilmiy, ma’naviy va ijtimoiy faollikka chorlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida direktor G‘ofurjon Erkinovich Qo‘qon universitetida yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi. U talabalarga o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish, zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: direktor va talaba yoshlar uchrashuvi hafta davomida har bir yo‘nalish talabalari bilan bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

photo_2025-10-23_15-16-36.jpg

photo_2025-10-23_15-16-37.jpg

photo_2025-10-23_15-16-38.jpg

photo_2025-10-23_15-16-39.jpg

photo_2025-10-23_15-16-40.jpg

photo_2025-10-23_15-16-40.jpg

photo_2025-10-23_15-16-41 (2).jpg

photo_2025-10-23_15-16-41.jpg

#yangiliklar