Dissertatsiya ishi himoyasi

Qo'qon universiteti tayanch doktoranti Inoyatova Dilnozaxon Qunonboy qizining 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligidan "Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik asoslari (bolalar she‘riyati misolida)" mavzusidagi,
Qo'qon univerditeti mustaqil izlanuvchisi Parpiyev Odiljon Olimovichning 13.00.02 - Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligidan "Boshlang‘ich sinf o'quvchilarida fikrni yozma ifodalashning pragmatik usullari" mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlari;
Abduraxmonov Abdurashid Kosimjonovichning 10.00.02 - O'zbek adabiyoti ixtisosligidan “Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov qissalarida inson va tabiat konsepsiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Universitet jamoasi nomidan dissertantlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ilmiy izlanishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va kelgusi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz.







