TALABAMIZ YUTUQLARI
Otabek Mamajonov 18.06.2026 96 marta ko'rilgan

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Ulug‘bek jamg‘armasining Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostoni mavzusidagi insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Mazkur nufuzli tanlovda respublika bo‘ylab 98 nafar yoshlar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Tanlov komissiyasi a’zolarining yakuniy qaroriga ko‘ra, Qo‘qon universiteti iqtidorli talabasi, Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti O‘zbek tili yo‘nalishi 6-25-guruh talabasi Yusupova Asilaxon Rashidovna faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yusupova Asilaxon Rashidovnani ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#yangiliklar



