EMOTSIONAL INTELLEKT MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
Otabek Mamajonov 23.06.2026 61 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan talabalar uchun “Ta’limda va hayotda emotsional intellekt: his-tuyg‘ularga do‘stona muloqot” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda Turkiyaning Bursa Uludağ universiteti professori, nufuzli olima Nalan Kuru ishtirok etdi.
Seminar davomida professor Nalan Kuru ta’lim jarayonida emotsional intellektni rivojlantirish, bolalarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, pedagoglar va ota-onalarning psixologik-pedagogik salohiyatini oshirishga doir ilmiy hamda amaliy tavsiyalarini taqdim etdi.
Tadbir ishtirokchilari emotsional intellektning ta’lim va kundalik hayotdagi ahamiyati, his-tuyg‘ularni anglash va boshqarish usullari, bolalar bilan samarali muloqot strategiyalari hamda ta’lim jarayonida Emotion Coaching yondashuvini qo‘llash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.





#yangiliklar



