QO‘QON UNIVERSITETIDA “INGLIZ TILI HAFTALIGI – 2026”

Qo‘qon universitetida 2026-yil 27-apreldan 1-mayga “Ingliz tili haftaligi” o‘tkaziladi.
Mazkur haftalik talabalarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan.
Haftalik doirasidagi asosiy tadbirlar:
27-aprel (Dushanba)
Multilevel imtihoniga samarali tayyorlanish yo‘llari (seminar-trening)
Mehmon: Muzaffar Abdullayev (IELTS 8.5, TM School asoschisi, Westminster bitiruvchisi)
Joy: B-110
Vaqt: 11:30
28-aprel (Seshanba)
Bahs-munozara (Debate)
Mavzu: “Tech in Class: Aid or Distraction?”
Joy: B-110
Vaqt: 11:30
29-aprel (Chorshanba)
Zakovat intellektual o‘yini (1–2 kurs talabalar o‘rtasida)
Joy: AKM
Vaqt: 11:30
1-may (Juma)
Shekspir kuni
Buyuk adib asarlari asosida sahna ko‘rinishlari:
“Qaysar qizning quyilishi”, “Romeo va Julietta”, “Gamlet”
Joy: B-110
Vaqt: 10:00
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
Ochiq darslar
Zamonaviy metodikalarga asoslangan master-klasslar
Public speaking va interaktiv mashg‘ulotlar
Haftalik davomida har kuni:
Katta tanaffuslarda ingliz tilida radioeshittirishlar
Dolzarb mavzular: IELTS strategiyalari, chet tilini o‘rganishdagi xatolar, vaqtni boshqarish, ijtimoiy tarmoqlar ta’siri, chet elda o‘qish imkoniyatlari




