“Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovi

“Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tomonidan tashkil etilgan “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun 193 ta loyiha saralab olindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 30 dan ortiq loyiha g‘olib deb topildi.
Quvonarlisi, g‘oliblar qatoridan Qo‘qon universiteti vakillari ham munosib o‘rin egalladi.Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi o‘qituvchisi Maqsadjon Tuxtasinov hamda Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Olimov Farhodjon o‘z loyihalari bilan tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
G‘oliblar 20 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.



