+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Erasmus+ ICM: Serbiyada 1 semestr toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!

Abdullah Bahromov 27.10.2026 15 marta ko'rilgan
Erasmus+ ICM: Serbiyada 1 semestr toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!

 Qoʻqon universiteti talabalari 2026/2027-oʻquv yili bahorgi semestrida Serbiyaning Subotica Tech – College of Applied Sciences oliy taʼlim muassasasida almashinuv dasturi boʻyicha tahsil olishlari mumkin.
Ajratilgan grant oʻrni ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun maxsus qoʻshimcha moddiy yordam (top-up grant) bilan taʼminlangan.

Mavjud yoʻnalishlar:
Bakalavriat: Muhandislik menejmenti, Mashinasozlik, Informatika, Mexatronika, Elektr muhandisligi.
Magistratura: Axborot texnologiyalari (IT).
Dastur shartlari:
Taʼlim tili: Ingliz tili;
Oylik stipendiya va xarajatlar qoplanadi;
Kreditlar (ECTS) Qoʻqon universitetida toʻliq tan olinadi;
Turar joy, viza va sugʻurta boʻyicha mezbon universitet koʻmak beradi.

Muddatlar:
Hujjat topshirish yakuni: 2027-yil 20 dekabr
Batafsil maʼlumot olish va ariza topshirish uchun zudlik bilan Xalqaro aloqalar boʻlimiga murojaat qiling.

photo_2026-10-27_16-22-04.jpg

#yangiliklar