Erasmus+ ICM dasturi doirasida akademik mobillik(xodimlar uchun)

📢 TANLOV E’LONI
Erasmus+ ICM dasturi doirasida akademik mobillik(xodimlar uchun)
Qo‘qon universiteti → Academy of Social and Media Culture, Toruń (Polsha)
1. Umumiy ma’lumot
Qo‘qon universitetida “Erasmus+ ICM dasturi doirasidatalabalar va xodimlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidaNizom”ga muvofiq, akademik mobillik uchun tanlov e’lonqilinadi.
Mazkur mobillik Erasmus+ KA171 loyihasi doirasidaPolshaning Academy of Social and Media Culture (Toruń)bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
2. Mobillik tafsilotlari
• Qabul qiluvchi OTM: Academy of Social and Media Culture
• Davlat: Polsha
• Mobillik turi: Staff mobility (training / job shadowing)
• O‘rinlar soni: 3 nafar
• Davomiyligi: 5 ish kuni
3. Mobillik maqsadi va mazmuni
Mobillik davomida ishtirokchilar:
• hamkor universitet faoliyati bilan tanishadi
• dars jarayonlari va boshqaruv tizimini kuzatadi
• tajriba almashadi (job shadowing)
• kelgusidagi akademik hamkorlikni rivojlantirishimkoniyatlarini o‘rganadi
4. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Nomzod:
• Qo‘qon universitetining doimiy shtat xodimi bo‘lishi
• faoliyat sohasi mobillik yo‘nalishiga mos bo‘lishi
• ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi
• mobility plan taqdim etishi
• kafedra mudiri tavsiyanomasiga ega bo‘lishi
• xalqaro loyihalarda ishtiroki ustunlik beradi
5. Hujjatlar ro‘yxati
• ariza
• CV
• motivatsion xat
• mobility plan
• til sertifikati yoki ma’lumotnoma
• kafedra mudiri tavsiyanomasi
6. Baholash mezonlari (Nizom asosida)
• Ilmiy va akademik tajriba — 30 ball
• Mobility plan — 25 ball
• Til bilish darajasi — 20 ball
• Suhbat natijasi — 15 ball
• Xalqaro loyihalarda faolligi — 10 ball
7. Moliyalashtirish
Mobillik Erasmus+ ICM dasturi doirasida to‘liqmoliyalashtiriladi:
• safar xarajatlari
• yashash va kunlik xarajatlar
8. Tanlov tartibi
Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Hujjatlarni qabul qilish
2. Dastlabki saralash
3. Suhbat
4. Yakuniy baholash va komissiya qarori
9. Ariza topshirish muddati
📅 Oxirgi muddat: 10 Aprel
📩 Topshirish manzili: shsaidov@kokanduni.uz
10. Qo‘shimcha ma’lumot
• Tanlangan nomzodlar hamkor OTMga nomzod sifatidayuboriladi
• Yakuniy tasdiq qabul qiluvchi universitet tomonidan beriladi
• Mobillik IIA shartlariga muvofiq amalga oshiriladi



