Erasmus+ ICM dasturi doirasida Daniyadagi IBA Business Schoolda xodimlar uchun akademik mobillik dasturiga tanlov e’lon qilinadi.
Otabek Mamajonov 31.03.2026 122 marta ko'rilgan

Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun xalqaro tajriba almashish, kasbiy malakani oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi. Dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim uslublari bilan tanishish, ma’ruzalar o‘qish yoki treninglarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘rinlar soni: 2 nafar
Mobillik muddati: 18–22-may 2026-yil
Davomiyligi: 5 ish kuni
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 10-aprel
Tanlovda Qo‘qon universitetining ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan doimiy xodimlari ishtirok etishi mumkin.
#yangiliklar



