ERASMUS+ ICM Kredit mobillik dasturi

Qo‘qon universiteti va Xalqaro Hellenic Universiteti (Gretsiya) o‘rtasida talabalar almashinuviga start berildi
ASOSIY MA'LUMOTLAR
•Hamkor universitet: Xalqaro Hellenic Universiteti, Soloniki, Gretsiya
•Almashinuv joyi: Yevropa Ittifoqi davlati - Gretsiya
•Almashinuv muddati: 2025-2026 o'quv yili
•Ariza berish muddati: 20-dekabr, 2025-yil
•YO'NALISH: Iqtisodiyot, Moliya va Menejement
Davomiyligi:
(2 oydan – 4 oygacha )
MOLIYAVIY QO'LLAB-QUVVATLASH
•Safar xarajatlari: To‘liq qoplanadi
•Talabalar uchun stipendiya: Oyiga 800 yevro miqdorida
•Sug'urta: To'liq qoplanadi
•Qo'shimcha grantlar: Kam ta'minlangan talabalar uchun qo'shimcha mablag'
AKADEMIK AFZALLIKLAR
•ECTS kreditlari: Olgan barcha kreditlar avtomatik tan olinadi
•Xalqaro tajriba: Yevropa oliy ta'lim muassasasida o'qish
•Qo'shimcha sertifikatlar: Erasmus+ dasturi tugallanganligi to'g'risida sertifikat
• Xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
ISHTIROK ETISH TALABLARI
TALABALAR UCHUN:
• Qo‘qon Universitetining Iqtisodiyot, Moliya yoki Menejement yo'nalishi 2-4 kurs talabasi bo'lish
• Akademik o‘rtacha ko‘rsatkichi 3.5 dan yuqori bo‘lish
• IELTS 5.5 yoki CEFR B2 darajada ingliz tilini bilish
• Kamida 30 ECTS kreditini to‘plagan bo‘lish
• Ijtimoiy faol bo‘lishi va motivatsiyasi yuqori bo‘lish
ARIZA BERISH TARTIBI
1. HUJJATLAR TO'PLAMI
Talabalar uchun:
• O‘quv rejasi (Learning Agreement) - faqat Iqtisodiyot/Moliya/Menejement kurslari
• Akademik transkript
• IELTS/CEFR sertifikati
• Motivatsion xat (500 so'z) - yo'nalishning ahamiyati haqida
• CV (Yevropa formatida)
• 2 ta tavsiyanoma (Ingliz tilida)
Murojat uchun:
• Xalqaro hamkorlik departamenti mutahasisi: Saidov Shohruh Mirzo
• Telefon: +998 94 444-99-09
• Email: sh.saidov@kokanduni.uz
• Xalqaro bo'lim boshlig'i: Ulug'bek Mamadaliev
• Telefon: +998 90 951-88-66
• Email: u.mamadaliev@kokanduni.uz



