ERASMUS+ KA171: ISPANIYADA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV!

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun CPIFP Los Enlaces (Zaragoza, Ispaniya)da 2026/2027-o‘quv yili doirasida 2 ta xalqaro staff mobillik o‘rni e’lon qilinadi.
Mobillik turi: Staff Training Mobility (STT)
Muddati: 7 kun (5 kunlik trening va 2 kun safar). Dastlabki sanalar: 2027-yil 22–26-fevral.
Asosiy talablar:
Qo‘qon universitetining tegishli toifadagi xodimi bo‘lish;
Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
Talab etilgan hujjatlarni o‘z vaqtida topshirish.
Moliyaviy ta’minot:
Safar uchun — 1 188 yevro;
Yashash xarajatlari uchun — kuniga 170 yevrogacha, 7 kungacha;
Tibbiy, baxtsiz hodisa va fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi.
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 10-noyabr, soat 24:00 gacha.
Ariza onlayn topshiriladi. Tasdiqlangan yutuqlar ro‘yxati va universitetda akademik xodim ekanligini tasdiqlovchi hujjat movilidad@cpilosenlaces.com manziliga yuborilishi lozim.
Natijalar:
Yakuniy: 20-noyabr 2026-yil
Xalqaro tajriba orttirish va Yevropa hamkasblari bilan bilim almashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!




