Farg‘onada Umummilliy AI Hackathon sizni kutmoqda!

Bu nafaqat musobaqa, balki yangi imkoniyatlar maydoni:
O‘zingizga yangi jamoa toping va birga g‘oya yarating.
Tajribali mentorlar bilan ishlang, bilimlaringizni kengaytiring.
Vorkshoplarda zamonaviy AI ko‘nikmalarini o‘rganing.
Eng yaxshi jamoalar uchun qimmatbaho sovrinlar:
1-o‘rin - Apple MacBook Air: g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun kuchli qurol.
2-o‘rin - 20 000 000 so‘m pul mukofoti.
3-o‘rin - 10 000 000 so‘m pul mukofoti.
Lekin bu hammasi emas! Agar kuchli uchlikka kira olmasangiz ham, maxsus nominatsiyalar sizni kutmoqda:
«Ijtimoiy dolzarb loyiha» - jamiyat uchun eng foydali g‘oya yaratgan jamoaga.
«Eng qiziqarli taqdimot» - eng yorqin va kreativ chiqish qilgan jamoaga.
Nominatsiya g‘oliblari nufuzli AI-kurslarda bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!
Manzil: Farg‘ona shahri, IT Park - Farg‘ona filiali
Sana: 20 – 23 may
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: Shoshiling, atigi 2 kun qoldi! ai-hackathon.uz
Muhim: Xakaton faqat Farg‘ona viloyati yoshlari uchun ochiq.




